IELTS Academic
Onlayn IELTS mock testlari
IELTS Academic imtihoniga kompyuterda topshiriladigan imtihon kabi tuzilgan testlarda tayyorlaning: koʻrinish, vaqt va savol turlari aynan imtihondagidek. Toʻliq testni imtihon sharoitida ishlang yoki bitta passage, qism yoki Taskʼni alohida mashq qiling. Reading va Listening topshirishingiz bilan baholanadi; Writing va Speaking uchun AI taxminiy ball va tahlil beradi.
Mashq turini tanlang
Reading toʻliq testlari
3 ta passageʼdan iborat toʻliq IELTS Reading testi
Reading Passages
Savollari bilan alohida Reading passageʼlari
Listening toʻliq testlari
4 qismli toʻliq IELTS Listening testi
Listening qismlari
Mashqlari bilan alohida Listening qismlari
Writing toʻliq testlari
Toʻliq IELTS Writing testi (Task 1 va Task 2), maxsus AI baholaydi
Writing Tasks
Alohida Writing Taskʼlari, maxsus AI baholaydi
Speaking testlari
Toʻliq IELTS Speaking testi, maxsus AI baholaydi
Savol-javoblar
- Testlar haqiqiy imtihonga qanchalik yaqin?
- Toʻliq testlar rasmiy IELTS Academic formatida tuzilgan: Reading — 3 ta passage va 40 ta savol, 60 daqiqa; Listening — 4 qism va 40 ta savol; Writing — Task 1 (150+ soʻz) va Task 2 (250+ soʻz), 60 daqiqa; Speaking — suhbatning uchala qismi.
- Writing va Speaking qanday baholanadi?
- AI javoblaringizni IELTSning ochiq eʼlon qilingan baholash mezonlari (band descriptors) boʻyicha tekshiradi va har bir mezon uchun ball hamda nimani yaxshilash kerakligi haqida tahlil beradi. Bu mashq uchun taxminiy baho, rasmiy IELTS natijasi emas.
- Imtihon rejimi va Mashq rejimining farqi nimada?
- Testga birinchi urinish Imtihon rejimida boʻladi: vaqt haqiqiy imtihondagidek ketadi, toʻxtatib boʻlmaydi, natija esa statistikangiz va reytingga kiradi. Shundan keyin Mashq rejimi ochiladi: taymer erkin, oʻzingizga qulay tezlikda ishlaysiz.
- Bepul mashq qilsa boʻladimi?
- Ha. Roʻyxatdan oʻtganingizdan soʻng bir nechta Reading va Listening testlari umrbod bepul. Qolgan testlar, shuningdek AI baholaydigan Writing va Speaking obuna bilan ochiladi.